Isroil Knessetining spikeri Amir Ohana, Falastin davlatini tan olishni istagan mamlakatlar uni Falastin hududida emas, balki o‘z poytaxtlarida tashkil etishlari kerakligini bildirdi. Bu bayonot Jenevada Parlamentlararo ittifoq tomonidan tashkil etilgan parlament spikerlarining oltinchi jahon konferensiyasida yangradi.
2025 yilda boshlanishi rejalashtirilgan Toshkent-Samarqand va Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo‘llari qurilishi bir yilga kechiktirildi. Yangi reja bo‘yicha qurilish 2026 yilda boshlanadi va xalqaro moliya institutlari mablag‘lari jalb etiladi.
Har yili yangi o‘quv yili boshlanishi bilan 1-sinfga qadam qo‘yayotgan o‘quvchilarga Prezident sovg‘alari taqdim etiladi. Mazkur an’ana bolalarni maktabga qiziqtirish, jajji kelajak egalariga quvonch bag‘ishlash va ularni bilim olishga rag‘batlantirish maqsadida amalga oshiriladi.