Oʻzbekiston va Turkiya maxsus xizmatlari uchrashuvi boʻlib oʻtdi
12.09.2024 17:23
Oʻzbekiston va Turkiya Prezidentlari oʻrtasida erishilgan kelishuvlarga muvofiq, 12-sentyabr kuni Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati markaziy apparatida DXX raisi Abdusalom Azizov Ibrohim Qalin rahbarligidagi Turkiya Milliy razvedka tashkiloti delegatsiyasini qabul qildi.
Uchrashuv davomida xavfsizlik sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, xususan, terrorizm va ekstremizm, noqonuniy migratsiya, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, terrorchilik faoliyatiga aloqador boʻlgan qidiruvdagi shaxslarni ushlash va deportatsiya qilish masalalari muhokama qilindi.