Yig‘ilishda O‘zbekiston BMT Xavfsizlik kengashining 2035−2036 yillar uchun doimiy bo‘lmagan a’zoligiga o‘z nomzodini
ilgari surdi.
Shuningdek, yig‘ilishda O‘zbekistonning BMT bilan o‘zaro hamkorlikning eng ustuvor masalalari bo‘yicha rasmiy pozisiyasi xalqaro hamjamiyatga yetkazildi. O‘zbekistonning ko‘p qirrali, global boshqaruvni mustahkamlash va takomillashtirish tarafdori ekanligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, mintaqaviy hamkorlik muhimligi va Afg‘onistonni iqtisodiy tiklashdan manfaatdor ekani qayd etildi.
Mamlakat transmilliy tahdidlarga, jumladan, giyohvandlik moddalarning noqonuniy aylanishi, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda BMT bilan hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyorligi tasdiqlandi.
Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish maqsadida o‘rmonlar barpo etish, suvni tejash, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani ma’lum qilindi. Shuningdek, Orolbo‘yida barqaror rivojlanishni xalqaro qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.
A’zo davlatlar 2025-yil iyun oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan BMTning «Besh yil — 2030-yilgacha: Barqaror kelajak uchun davlat xizmatlarini ko‘rsatishni jadallashtirish» mavzusidagi davlat xizmatlari forumiga taklif qilindi.