Avvalroq Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif Prezident Shavkat Mirziyoyev taklifiga ko'ra O'zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishi haqida xabar berilgandi.
Bugun, 25-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.
Martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Qisqa suhbatdan so‘ng Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif tashrif dasturiga muvofiq navbatdagi manzilga jo‘nab ketdi.