12.12.2024 17:46
“Bu tarmoqlar aholi bandligi va eksportda katta oʻringa ega. Xususan, bunday korxonalarda 430 ming fuqaro ish bilan taʼminlangan. Yengil sanoatning jami ishlab chiqarishdagi ulushi 14 foizni, eksportda 16 foizni tashkil qiladi.
Lekin bugungi murakkab sharoitda tashqi bozordagi vaziyat tez oʻzgarayapti. Buning taʼsirida eksport narxlari ip kalavada 9 foizga, gazlamada 15 foizga, tayyor mahsulotda 13 foizga tushgan. Asosiy eksport bozorlarimizda tayyor mahsulot olish kamaygan”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.