Shimoliy Koreya AQSH va Janubiy Koreya o‘rtasidagi harbiy hamkorlikka qarshi turish uchun “strategik vositalar”dan foydalanish bilan tahdid qilib, yadroviy kuchlarni ko‘paytirish bo‘yicha sa’y-harakatlarini ikki baravar oshirdi. Bu haqda Newsweek’ga tayanib Daryo xabar berdi.
Qayd etilishicha, Pxenyan cheklangan miqdordagi qit’alararo ballistik raketalarga ega bo‘lib, ular butun Shimoliy Amerika bo‘ylab nishonlarga zarba berishga qodir deb hisoblanadi. AQSH harbiy-havo kuchlarining yuqori martabali vakili ushbu turdagi har qanday hujum noxush oqibatlarga olib kelishi haqida ogohlantirgan.
Shimoliy Koreya Mudofaa vazirligi axborot boshqarmasi bayonotiga ko‘ra, AQSH prezidenti Donald Tramp ma’muriyati allaqachon “KXDR xavfsizligiga tahdid soluvchi AQSH provokatsiyalarini faollashtirgan”.
Xabarda ta’kidlanishicha, yadroviy tiyib turishga asoslangan KXDR qurolli kuchlarining jangovar qobiliyatini oshirish “AQSH va boshqa dushmanlarning strategik tahdidiga strategik vositalar bilan qarshi turish” uchun adolatli hamda muqarrar variantdir.
Fevral oyi boshida Yaponiyaning NHK teleradiokompaniyasi Shimoliy Koreya joriy yilda Rossiya bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan dronlarni yaratishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.