AQSH prezidentlik saylovlarida g'alaba qozongan Donald Tramp 2025-yilning 20-yanvar kuni qasamyod qiladi va prezidentlik vazifasiga kirishadi.
Tramp shu kungi inauguratsiya marosimiga Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinni taklif etgani haqida xabar berilgandi.
Xorijiy ommaviy axborot vositalarining ma'lum qilishicha, Szinpin hamkasbining qasamyodiga bormaydi. Marosimda Xitoyning AQSHdagi elchisi va Pekindan boradigan ayrim rasmiylar ishtirok etadi.