Abdulaziz Komilov Yevropa kengashi rahbariyati bilan uchrashdi
24.02.2025 15:04
Uchrashuvda joriy yilning 3-4 aprel kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan «Markaziy Osiyo – Yevropa ittifoqi» sammiti doirasida mintaqalararo hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiyasi Bryusselda Yevropa kengashi Prezidenti kabinet rahbari Pedro Lurti, Ittifoqning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Vivian Lunella, shuningdek, Yevropa ittifoqining terrorizmga qarshi kurash koordinatori Bartyan Vegter bilan uchrashuv o‘tkazdi.
P. Lurti bilan suhbat chog‘ida joriy yilning 3-4 aprel kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan «Markaziy Osiyo – Yevropa ittifoqi» sammiti doirasida mintaqalararo hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.