Asaka tumanida ikki nafar fuqaro iz gazidan zaharlanib vafot etdi.
Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 2024-yil 7-dekabr kuni soat 9:20 lar atrofida Asaka tumani, “Uchtosh” MFY Uchtosh ko‘chasi 17-uyda yashovchi, 1985-yilda tug‘ilgan fuqaro M.A. va uning 1986-yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i M.A.ning jasadi yashash xonadonida qo‘lbola usulda yasalgan isitish pechiga solingan ko‘mir yoqilg‘isidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanish alomatlari bilan topilgan.
Hodisa joyi tergov-tezkor guruhi a’zolari tomonidan ko‘zdan kechirilib, fuqarolarning o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.