Toshkent viloyati Parkent tumanidagi xususiy hayvonot bog‘i qorovuli sherlar hujumida halok bo‘lgani yuzasidan jinoiy ish ochildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Hayot Shamsutdinovga ko‘ra, mazkur hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hujjatlar tergov harakatlarini olib borish uchun ichki ishlar organlariga yuborildi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 17 dekabr kuni soat tonggi 05:00 larda sodir bo‘lgan. Hayvonot bog‘ida saqlanayotgan 3 ta Afrika sheri katak eshigi ochiq qoldirilganidan foydalanib hayvonot bog‘i hududiga chiqib ketgan.
Hovlidagi sherlarni shu yerda qorovul bo‘lib ishlovchi 44 yoshli F.I. katakka qaytarmoqchi bo‘lgan, biroq yirtqichlar qorovulga hujum qilgan va uni o‘ldirgan. Shundan so‘ng, nazoratsiz qolgan hayvonlar F.I.ning tana a’zolarini yemish sifatida iste’mol qilgan.