Tramp ma’muriyati Ukraina mojarosini hal qilish bilan shug‘ullanishni qachon boshlashi ma’lum bo‘ldi.
AQSHning saylangan yetakchisi Donald Tramp ma’muriyati kelgusi yilning yanvar oyidayoq Ukraina mojarosini hal qilish bilan shug‘ullanishni boshlaydi.
Bu haqda Fox News telekanaliga Tramp tomonidan milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi lavozimiga tayinlangan Florida shtatidan kongressmen Mayk Uols ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, Tramp ma’muriyati mojaroning har ikki tomonini muzokaralar stoliga qanday o‘tkazish haqida qaror qabul qilishi kerak bo‘ladi. Shuningdek, potensial kelishuv bandlarini muhokama qilish kerak bo‘ladi.