Vladimir Zelenskiy intervyusida Rossiya-Ukraina urushini 2025-yilda tugatishi lozimligini aytdi. Bu haqda Report nashri xabar berdi.
"O‘z tarafimizdan kelasi yil urush diplomatik yo‘llar bilan tugashini ta’minlash uchun hamma narsani qilishimiz kerak", — deydi Ukraina prezidenti.
Xabarga ko‘ra, Zelenskiy nutqi davomida bu masala ustida ishlanishi kerak bo‘lgan muhim jihat ekanini ta’kidlagan.
Ma’lumot uchun, ushbu urush 2022-yil 22-fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirgandan hamda Ukraina armiyasi jang taklif qilgandan so‘ng boshlangan edi.