Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo davlatlar oʻrtasida umumiy alifbo loyihasidan soʻng madhiya loyihasi ustida ish boshlandi.
Qayd etilishicha, turk dunyosidagi har bir davlatning oʻziga xosligini aks ettiruvchi milliy madhiyasi mavjud. Ammo umumiy madhiya turkiy xalqlar tarixidan ilhom olib tayyorlanadi hamda soʻz va ohangda ifodalanadigan noyob kompozitsiya boʻladi.
Turkiy xalqlar sanʼati universitetlari uyushmasi raisi, Anqara musiqa va tasviriy sanʼat universiteti rektori, professor Erhan Oʻzdenning maʼlum qilishicha, madhiya qisqa muddatlarda yaratiladi. Madhiya yaratish uchun bastakor tanlash komissiyaning kollegial qarori asosida amalga oshiriladi.
“Madhiya matni lugʻat ishiga asoslanadi hamda barcha uchun tushunarli va maʼnoli, sanʼatning barcha sohalarini qamrab oluvchi soʻzlarni oʻz ichiga oladi”, dedi u.