Norvegiya valiahd shahzodasi Mette-Maritning o‘g‘li Marius Borg Xeybi behush holatda bo‘lgan shaxsga nisbatan zo‘ravonlik qilganlikda gumonlanib hibsga olindi.
Norvegiya televideniyesi 27 yoshli Marius Borg Xeybi dushanba kuni hibsga olingani haqida xabar berdi. U qarshilik ko‘rsata olmagan yoki hushidan ketgan odamga hujum qilganlikda ayblanmoqda. Politsiya hozircha hodisa yuzasidan aniq qaror qabul qilgani yo‘q.
Bundan oldin ham Norvegiya taxti vorisi Mette-Maritning o‘g‘li Marius Borg Xoybi politsiya tomonidan qo‘lga olingan edi. U sobiq sevgilisiga nisbatan zo‘ravonlik, shuningdek, mulkiga zarar yetkazishda gumon qilingan.
Keyinroq Marius Osloning Frogner tumanidagi 26 yoshli ayolning kvartirasida sodir bo‘lgan voqeani tushuntirib, u spirtli ichimliklar va kokain ta’sirida bo‘lganini aytdi.