Bu Finlyandiyaning 2023-yilda NATOga a’zo bo‘lganidan keyingi birinchi yirik harbiy tadbiridir.
Mashg‘ulotlar NATOning «Dynamic Front-25» dasturi doirasida tashkil etildi. Unda Finlyandiya, AQSH, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Fransiya va NATOning boshqa davlatlaridan jami 3600 nafar askar ishtirok etdi.
Mashg‘ulotlar Finlyandiyaning Laplandiya viloyatidagi Rovajarvi poligonida bo‘lib o‘tdi. Bu poligon Yevropadagi eng yirik harbiy poligon hisoblanadi.
Finlyandiya armiyasi polkovnigi, mashg‘ulotlar rahbari Makitaloning so‘zlariga ko‘ra, Rovayarvi poligoni ko‘p yo‘nalishli dala artilleriya taktik mashqlarini o‘tkazish imkonini beradi. Bundan tashqari, ushbu hudud harbiylarni Arktika mintaqasining murakkab iqlim va geografik sharoitlariga moslashishga o‘rgatadi.
Eslatib o‘tamiz, Finlyandiya 2023-yilning 4-aprelida rasman NATOning 31-a’zosiga aylangan.