Slovakiyaning sobiq prezidenti firibgarlikda ayblandi
17.11.2024 12:41
Slovakiya prezidenti ma’muriyati sobiq prezident Andrey Kiska soliqqa oid firibgarlikda ayblanib, uning pensiyasini to‘xtatib qo‘ydi. Bu haqda ABC News xabar berdi.
Prezident ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, to‘lovlarni to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror 2024-yil 31-oktyabrda apellyatsiya sudi tomonidan tasdiqlangan quyi sudning qarori asosida qabul qilingan. Ushbu qarorda Kiska soliqlarni to‘lashda aybdor deb topilib, bir yil sinov muddatiga hukm qilindi.
Hukm yakuniy, biroq o‘zining aybsizligini ta’kidlayotgan Kiska fursatdan foydalanib, mamlakat Oliy sudiga shikoyat qilishini aytdi.
Ma’lumot uchun, Kiska 2014-yilgi prezidentlik saylovlarida o‘sha paytdagi bosh vazir Robert Fitsoni mag‘lub etib, besh yillik muddatga Slovakiya prezidenti bo‘lgan edi. Prezidentlik asosan rasmiy vakolatlarga ega bo‘lsa-da, Kiskaning prezidentligi Fitso bilan ziddiyatlarga to‘la edi.
G‘arbparast sifatida tanilgan Kiska 2019-yilda ikkinchi muddatga saylanmadi. Robert Fitso 2023-yilda bosh vazir sifatida uchinchi muddatini boshladi.