Maktabi yaqinida yo‘lni o‘ng tomonidan chap tomoniga piyoda voqea joyida vafot etdi.
Samarqand viloyati IIB YHXB xabariga ko‘ra, 2024-yil 14-noyabr kuni soat taxminan 08:00 larda Samarqand shahar “Kamoliddin Behzod” mahallasi hududidan o‘tuvchi A.Temur ko‘chasida haydovchi F.S. boshqaruvida bo‘lgan “ISUZU” rusumli jamoat transportini boshqarib borib, Samarqand shahar XTBga qarashli 12-sonli umumta'lim maktabi yaqinida yo‘lni o‘ng tomonidan chap tomoniga kesib o‘tayotgan voyaga yetmagan piyodani urib yuborgan.
YTH natijasida, piyoda voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi TB tomonidan F.S.ga nisbatan JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.