Qoraqalpog‘istonda hokim yordamchisi bilan til biriktirib, davlat tomonidan ajratilgan sudsidiyani o‘zlashtirib yuborgan tadbirkorga nisbatan hukm o‘qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, tadbirkor XX. Qonliko‘l tumani, "Madaniyat" MFY hokim yordamchisi bilan til biriktirgan. U KON OUTLET ishlab chiqarish kooperativini tashkil qilib, 13 nafar ishsiz xotin-qizlarni jalb etgan. Ularning har biriga 4 mln so‘mdan jami 52 mln subsidiya ajratib olishga erishgan.
Lekin XX mazkur mablag‘ni ishlab chiqarishga yo‘naltirmay o‘ziga tegishli ASHAA OUTLET MCHJ hisobiga moddiy yordam sifatida o‘tkazib, ehtiyojlari uchun ishlatib yuborib, talon-toroj qilgan.
Sudda XX.ning aybi o‘zining iqrorligi va boshqa dalillar bilan ham tasdiqlandi.
Yakuniy sud hukmiga ko‘ra unga nisbatan JKning 57-moddasiga asosan BHMning 300 baravari (10,2 mln so‘m) jarima jazosi tayinlandi.
Jarima davlat foydasiga undirilishi belgilangan. Ish yuzasidan yetkazilgan zararlar ham sudlanuvchi tomonidan qoplangan.