Loyihada ta’limga quyidagi miqdorda mablag‘lar ajratilishi rejalashtirilgan:
— Umumiy ta’lim—54 trln so‘m;
— Maktabgacha ta’lim—15,8 trln so‘m;
— Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim—14,5 trln so‘m;
— Jami ta’lim sohasi—84,3 trln so‘m.
Bu mablag‘lar umumiy Davlat budjeti xarajatlarining 25 foizini tashkil etadi hamda 2024 yilgiga nisbatan 13,2 trln so‘mga ko‘pdir.
Shuningdek:
Oziq-ovqat xarajatlari: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun 2,5 trln so‘m (15 foiz ko‘p).
Davlat granti asosida o‘quvchilar: 10,7 trln so‘m (11 foiz ko‘p).