Respublikada qariyb 7 million kishiga ichimlik suvi yetib bormaydi. Bu haqda joriy yil 11-iyun kuni o‘tkazilgan “Toshkent xalqaro investitsiya” forumida Jahon bankining suv taʼminoti va oqova tizimi bo‘yicha katta mutaxassisi Odete Muhimpua aytib o‘tgan.
AQShning F, M va J turdagi noimmigrasion vizasiga (talaba va ta’limga oid vizalar) ariza beruvchilardan o‘z shaxsini aniqlash va mamlakatga kirish huquqini baholash uchun barcha ijtimoiy tarmoqlardagi profillarini “ochiq” holatga o‘tkazish talab etiladi. (https://t.me/USAUzbekistan/4705) Ya’ni qulfdan chiqarib qo‘yish kerak bo‘ladi.
Pokiston hukumati AQSH prezidenti Donald Trampni 2026 yil uchun Nobel tinchlik mukofotiga nomzod sifatida koʻrsatgan. Bu qaror Trampning Hindiston va Pokiston oʻrtasidagi keskin harbiy mojaroni diplomatik yoʻl bilan yumshatishdagi hal qiluvchi oʻrnini eʼtirof etish asosida qabul qilingan.
Economist Intelligence Unitʼga ko‘ra, Daniya poytaxti Kopengagen yashash uchun eng qulay shahar deb topilgan. Undan keyingi o‘rinlarda Vena va Tsyurix. Oxirgi o‘rinni Suriyaning Damashq shahri egallagan. Toshkent ham reytingning quyi pog‘onalarida qayd etilgan.
Endilikda Oʻzbekistondagi barcha temiryoʻl vokzallariga chiptasiz va hujjatlarsiz kirish mumkin. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan yangi tartib orqali xavfsizlikni saqlagan holda yoʻlovchilar uchun katta qulayliklar yaratiladi.