"Tramp ma’muriyati Erondan ehtimoliy qasos hujumiga tayyorgarlik ko‘rmoqda, aynan keyingi 48 soat jiddiy xavotir uyg‘otmoqda", deya xabar bergan NBC News jurnalistlariga Pentagonning ikki manbasi va Oq uydagi yuqori martabali rasmiy.
"AQSh Eronning tinch yadro dasturiga tegishli obyektlariga hujum qilish orqali xalqaro huquqni va yadroviy qurollarni tarqatmaslik rejimini qo‘pol ravishda buzdi", — deya bayonot berdi Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi.
The New York Times gazetasining manbalarga tayanib xabar berishicha, Eron oliy rahbari Oyatulloh Xumayniy agar AQSh yoki Isroil o‘zini o‘ldirsa, o‘rniga tayinlanadigan uch nafar nomzodni tanladi. Oliy rahbarni tayinlash uchun mas’ul bo‘lgan Ekspertlar assambleyasiga vorisni tezkor tanlash bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.
Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi ko‘rsatmalarni tahlil qilish va so‘roqlarni tayyorlashda yordam beradigan, shuningdek, tergov muddatini qisqartiradigan yangi loyiha — tergovchining interaktiv yordamchisini ishga tushirgan. Bu haqda IIV matbuot xizmati ma’lum qilgan.
Prezidentning “Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Bu haqda O‘zA xabar bergan.