22-06-2025 04:57
"Biz Erondagi uchta yadroviy obyektga juda muvaffaqiyatli hujumimizni yakunladik. Barcha samolyotlar uyga qaytmoqda. Ajoyib amerikalik jangchilarimizni tabriklaymiz. Dunyodagi hech bir armiya bunday qila olmasdi. Endi tinchlik vaqti keldi!", – deya qayd etgan prezident.
Tramp keyingi postida bu AQSh, Isroil va butun dunyo uchun tarixiy palla ekanini ta’kidlagan. "Endi Eron urushni to‘xtatishga rozi bo‘lishi lozim", – deya qo‘shimcha qilgan AQSh yetakchisi.
Tramp, shuningdek, quyidagi postni ham o‘z sahifasida e’lon qilgan: "Fordo endi mavjud emas" (Fordow is gone).