10-11-2025 07:57

Olimlarning fikricha, bu majmua chuqur inqirozni boshdan kechirayotgan jamiyat tomonidan qurilib, qadimgi odamlarga ekologik va ijtimoiy o‘zgarishlar oldida birlashishga yordam bergan.
Tadqiqotchilar 95 dan ortiq dafn inshootlari (dolmenlar), tik toshlar va megalitik binolarni topishgan. Tahlillarning ko‘rsatishicha, bu majmua yashash uchun mo‘ljallanmagan - inshootlarda tom va o‘choqlar bo‘lmagan, bu esa ularni qattiq sahro iqlimida istiqomat qilishga yaroqsiz qilgan.
Olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra, inshootlar o‘zining mis buyumlari va boy ramzlari bilan tanilgan eneolit madaniyati (miloddan avvalgi 4500-3500 yillar) inqirozga uchraganidan so‘ng qurilgan. Arxeologik va ekologik ma’lumotlar qurg‘oqchilik davri boshlanganini ko‘rsatmoqda. Bu esa savdo aloqalarining uzilishiga va an’anaviy hunarmandchilikning yo‘qolishiga olib kelgan.
Bu yerda joylashgan majmua, ehtimol, tarqoq guruhlarning yig‘ilish joyi bo‘lib xizmat qilgan. Ular u yerda oxirat bilan bog‘liq marosimlar va boshqa jamoaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun to‘planishgan.
Bundan avval Janubiy Koreyada arxeologlar ilk bor Pekche davriga oid muzlatkich vazifasini o‘tagan muz omborxonasini topgandi.
Xitoyda 5 ming yillik inson suyaklari orasidan bosh suyaklaridan yasalgan idishlar va niqoblar topildi.
Turkiyaning Denizli viloyatida joylashgan qadimiy Kolossaye shahrida arxeologlar 2200 yillik 60 ta qabrdan iborat katta nekropol (qabriston majmuasi)ni topdi.
