07.08.2024 17:01
O‘zbekiston milliy antidoping agentligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, sportchidan musobaqa davrida olingan doping sinamasida sportda taqiqlangan "Klenbuterol" moddasi borligi aniqlangan.
Aytish lozimki, diskvalifikatsiya jazo muddatini o‘tayotgan sportchi, murabbiy yoki mutaxassis ushbu muddat tugaganga qadar xalqaro va milliy toifadagi musobaqalar, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etishi taqiqlanadi.
Mazkur talablar bajarilmagan taqdirda sportchiga umrbod diskvalifikatsiya muddati qo‘llanilishi mumkin. Kodeksda sport federatsiyasi yoki assotsiatsiyasiga nisbatan ham jazo chorasi qo‘llash mumkinligi belgilangan.