07-11-2025 10:29

Pasinlerda jami 500 gektar maydonga karam ekildi. O‘rtacha hisobda bir akrdan 700 bosh atrofida karam yig‘ildi. Umumiy miqdor bo‘yicha taxminan 350 ming dona mahsulot Qora dengiz va Sharqiy Anadolu viloyatlariga yetkazila boshlandi.
65 yoshli fermer Hasbi Dursun Anadolu axborot agentligiga bergan intervyusida oilaviy yodgorlik urug‘idan 57 kilogramm vaznga ega karam yetishtirganini bildirdi. U buning sababini asrlar davomida saqlangan urug‘ va an’anaviy parvarish usullar bilan izohladi:
“Dalada ishlamagan kunim yo‘q. Men 7 yoshimdan beri bu ish bilan shug‘ullanaman: karamlarim bilan gaplashaman, ularni mehr bilan parvarishlayman. Bu yilgi terimdan olingan 57 kilogrammlik karamlar men yetishtirgan eng katta hajmli hosildir. Biz urug‘imizga boshqa mamlakat urug‘ini aralashtirmaymiz, faqat oilaviy urug‘lardan foydalanamiz. Shunday qilganimiz uchun mahsulot sifati yuqori chiqadi. Ana shu urug‘ni keyingi yillarda ham ekamiz”, dedi Dursun.
Yana bir fermer Numan Serto‘g‘lu ham mavsumdan mamnunligini bildirib, 50 kilogrammlik karamlar faqat shu hududdan topilishini ta’kidladi:
“Omborimizdagi ba’zi urug‘larning yoshi 100 yildan oshgan. Biz bobolarimizning uslubida sug‘orish va parvarish qilamiz, shuning uchun hosilimiz ham mo‘l va sifatli bo‘ladi”, dedi Serto‘g‘lu.
Umuman olganda, Pasinler tekisligida joriy yilgi hosil ajdodlardan saqlanib kelayotgan urug‘lar va mahalliy dehqonlarning tajribali mehnati natijasida yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etdi. Bu esa mintaqa qishloq xo‘jaligi hamda mahalliy iqtisodiyot rivoji uchun ijobiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Fermerlar kelgusi yillarda ham oilaviy urug‘larni saqlab, ularni kengroq maydonlarda ekishni davom ettirishni maqsad qilgan.
