07-11-2025 10:46

Og‘irligi 137 karatdan ortiq bo‘lgan ushbu olmos omborda 100 yildan ortiq vaqt davomida saqlangan. Olmosning omborda ekani haqida Gabsburglar oilasining boshlig‘i Charlz Gabsburg-Lotaringiya ma’lum qilgan.
Hajmi bo‘yicha yong‘oq bilan solishtirish mumkin bo‘lgan olmos dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turadi. Xazina Avstriya-Vengriya imperiyasining qulashi oldidan imperator Karl I nomidan 1918 yilning noyabrida Avstriyadan olib ketilgan. U Shveysariyaga jo‘natilgan.
Charlz I ning rafiqasi imperator Zitaga hurmat tufayli marvaridlarning joylashuvi o‘nlab yillar davomida sir tutilgan. U olmosning joylashgan joyini faqat ikkita o‘g‘liga ma’lum qildi va 1922 yilda Charlz I vafotidan keyin 100 yil davomida ma’lumot oshkor qilinmasligini so‘radi. Oila fashistlardan qo‘rqib, 1940 yilda Yevropadan AQSHga, keyin esa Kanadaga ko‘chib o‘tadi. Impertorning xotini zargarlik buyumlarini kichik chamadonda olib yurdi. 1953 yilda Zita Yevropaga qaytib keldi, ammo olmoslarni Kvebek bankida saqlash uchun qoldirdi.
Charlz Gabsburg-Lotaringiya Florensiya olmosi Kanadadagi trestning bir qismiga aylanishini e’lon qildi. Oila yaqin bir necha yil ichida marvaridni Kanada muzeyida namoyish etishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Vayoming shtatida Chikago universiteti olimlari 66 million yil avval yashagan Edmontosaurus annectens turiga mansub ikki dinozavr qoldiqlarini topgandi.
