21-06-2025 15:32
Qayd etilishicha, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Germaniyaga amaliy safari doirasida Kyoten shahridagi Anxalt amaliy fanlar universitetiga tashrif buyurgan. Safar chogʻida u mazkur universitet Prezidenti, professor Yorg Bagdan bilan uchrashib, ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishgan.
Uchrashuvning markaziy mavzusi Oʻzbekistonda Germaniya universitetini tashkil etish masalasi boʻlgan. Sarvarxon Buzrukxonov mazkur tashabbusni amalga oshirishda Anxalt amaliy fanlar universiteti tajribasi va salohiyati muhim oʻrin tutishi mumkinligini qayd etishgan.