21-06-2025 06:35
Pokiston rasmiylari 2025 yilda yuzaga kelgan Hindiston-Pokiston mojarosida Donald Tramp tomonidan amalga oshirilgan diplomatik saʼy-harakatlarni tinchlik uchun oʻta muhim va samarali deb baholagan. Rasmiy Islomobodning bayonotida aytilishicha, Trampning ikki tomon bilan olib borgan diplomatik muloqoti harbiy toʻqnashuvning kengayib ketishiga yoʻl qoʻymagan va yadroviy davlatlar oʻrtasida keng koʻlamli urushning oldini olgan.