21-06-2025 11:46
Odete Muhimpua o‘rganishlariga ko‘ra, mamlakatda suv bilan bog‘liq infratuzilmalar yetarli emas.
“O‘zbekistonda 7 million odam hali ham toza ichimlik suviga ega emas. Oqava suvlarning uchdan bir qismigina qayta ishlanadi. Chunki qayta ishlaydigan korxonalar yetarli emas. Muammo faqatgina suv bilan bog‘liq bo‘lmay, pul yetishmasligi ham muhim omildir. Suv taʼminoti hajmini oshirish uchun xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish zarur. Faqatgina davlat moliyalashtirishi barcha muammoni hal qila olmaydi. Jahon banki O‘zbekistonda suv, irrigatsiya va suv resurslarini boshqarish tarmoqlariga 700 mln dollar investitsiya yo‘naltirgan”, degan mutaxassis.