Bugun, 26-oktyabr kuni Komil Allamjonovga hujum uyushtirilgan.
Buni Ozodlik O‘zbekiston huquq-tartibot idoralaridagi manbalariga tayanib yozmoqda, deb xabar beradi jurnalist Anora Sodiqova o‘z sahifasida.
Unga ko‘ra, 26-oktyabr kuni Toshkentda O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasining sobiq mulozimi Komil Allamjonov qurolli hujumga uchragan.
Hozircha, tegishli idora matbuot kotiblari mazkur axborot yuzasidan biron ma’lumot bermagan.
"Dezinformatsiya va feyklar ko‘payib ketdi, degan Allamjonov ham bu axborotga hozircha munosabat bildirgan emas. Voqealarni jamoatchilik kuzatib boradi", — deydi Anora Sodiqova.