
Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji va aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida 16-sentyabr kuni Namangan viloyatiga keldi. Hududdagi bunyodkorlik sur’ati shahar darvozasi – aeroportdanoq ko‘zga tashlanadi. Bu yerda 140 million dollar investitsiya hisobiga yangi terminallar barpo etilmoqda.

Joriy yilning birinchi yarmida hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabat qilgan 34 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Ulardan 32 nafariga jarima, 2 nafariga esa ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan.

O‘zbekistonda 9- va 11-sinf o‘quvchilari uchun yagona davlat imtihonlari joriy qilinadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 15-sentyabr kuni O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida soha xodimlari bilan muloqotda ma’lum qildi.

O‘zbekistonda maktabdagi yakuniy imtihonlarda endi xorijiy til va fanlar bo‘yicha xalqaro sertifikatlar ham tan olinadi. Bir yil ichida 100 ta texnikumda Germaniya, Shveysariya, Xitoy, Koreya, Britaniya kabi davlatlarning ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.