Kecha Belgiyadagi NATO shtab-kvartirasida sobiq bosh kotib Yens Stoltenberg vakolatlarini Mark Ryuttega topshirishining rasmiy marosimi boʻlib oʻtdi.
Dushanba kuni NATO Harbiy qoʻmitasi Bosh kotiblik muddati yakunlangan Y. Stoltenberg bilan rasman xayrlashdi. Uning oʻrnini Niderlandiyaning sobiq bosh vaziri Mark Ryutte egallaydi.
Tashkilot bayonotida aytilishicha, NATO tarixidagi ikkinchi eng uzoq bosh kotib lavozimida ishlagan Yens Stoltenberg Alyans tarixidagi eng notinch yillarning guvohi boʻldi.
- NATO hozirda kattaroq, kuchliroq va har qachongidan ham har qanday qiyinchilikka qarshi turishga tayyor. Bosh kotib lavozimida ishlash va Harbiy qoʻmita, NATO shtab boshliqlari va harbiy vakillar bilan yaqindan hamkorlik qilish haqiqiy sharaf boʻldi. Nafaqaga chiqish qanchalik achinarli boʻlsa ham, NATOning barqarorligi va mustahkamligi alohida shaxslarga emas, balki jamoaga bogʻliq, - dedi Yens Stoltenberg.