Aeroportlardagi ushbu talab – 2001-yilda Parijdan Mayamiga poyabzali ichiga portlovchi modda yashirib uchayotgan yo‘lovchi sabab joriy qilingandi. AQSH ichki xavfsizlik kotibiga ko‘ra, endilikda rivojlangan xavfsizlik texnologiyalari bilan bunga zarurat yo‘q. Oq uy esa bu mavzuda «oyoqlar yopiq, havo sifati tiklandi», deya hazil post qoldirdi.
Iyun oyi oxirida G‘arbiy Yevropada kuzatilgan g‘ayritabiiy jazirama to‘lqini sabab 2300 ga yaqin odam halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Reuters London Imperial kolleji va London gigiyena va tropik tibbiyot maktabi olimlarining tadqiqotiga tayanib.