22-09-2025 10:56
2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida vakant qolgan o‘rinlarga qo‘shimcha qabul amalga oshiriladi.
Bu O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi bayonida keltirilgan.
Unga ko‘ra, 2025 yilgi kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan, shu jumladan, ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida oliy ta’lim tashkiloti va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlamagan abituriyentlarga quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:
Umumiy qabul parametrlarida vakant o‘rinlar qolgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumotlar Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.