22-09-2025 11:12
O‘rganishlar davomida ushbu holat Denov tumanidagi «Ozod» mahallasida yashovchi fuqaro A.R. bilan bog‘liq ekani aniqlandi.
2025-yil iyul oyida qizni turmushga berish harakati bo‘yicha mahalla yettiligi va ijtimoiy xodimlar tomonidan hamkorlikda tekshiruv o‘tkazilib, voyaga yetmagan shaxsni turmushga berish qonun hujjatlariga zid ekani ta’kidlangan va oilaga ogohlantirish berildi.
Shunga qaramay, 2025-yil 10-avgust kuni nikoh marosimi o‘tkazilgani ma’lum bo‘ldi. Ushbu holat bo‘yicha mahalliy profilaktika inspektori tomonidan qonunchilikka muvofiq ma’muriy javobgarlik chorasi qo‘llanib, aybdorlarga jarima belgilandi.
Hozirda A.R. Denov tumanidagi kasb-hunar maktabida ta’lim olayotgan bo‘lib, uning huquqlari va ta’lim jarayoni mutasaddilar tomonidan doimiy nazoratga olindi.