22-09-2025 10:53
Qarorga ko‘ra:
• M va N toifadagi yangi transport vositalarini ekologik toifa talablariga muvofiqligini ekologik sertifikatlash tartibi bekor qilindi;
• Bunday transport vositalari endi 2017-yil 25-apreldagi 237-son qaror bilan tasdiqlangan umumiy texnik reglament talablari asosida baholanadi hamda transport vositasining turini ma’qullash va muvofiqlik sertifikatlarida aks ettiriladi;
• Elektrodvigatel bilan jihozlangan g‘ildirakli transport vositalari ham alohida ekologik toifa talablariga muvofiq baholanmaydi.
Qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov zimmasiga yuklatildi.