22-09-2025 10:54
Qayd etilishicha, turli sabablarga ko‘ra ayrim soliq to‘lovchilar ushbu majburiyatni o‘z vaqtida bajara olmaydi. Hisobotni belgilangan muddatda topshirmaslik huquqbuzarlik hisoblanib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks (MJtK)da belgilangan tartibda jarima qo‘llanishiga sabab bo‘ladi.
Ayrim turdagi huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan tadbirkorlik subyektining mansabdor shaxslari yo‘l qo‘yilgan qonunbuzilishlarni huquqbuzarlik aniqlangan paytdan e’tiboran 30 kunlik muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etsa, ular jarimadan xalos bo‘ladi. Ya’ni bunday holatda ularga jarima emas, balki ogohlantirish beriladi.
MJTK 271-modda 11-bandi 2025-yilning 22-sentyabr holatiga soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmagan:
Hozirda yana 6 738 ta korxonada soliq hisobotini ixtiyoriy ravishda topshirib, huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgani hamda uni 30 kun ichida bartaraf etishi orqali jarimadan ozod bo‘lish imkoniyati mavjud.
Eslatib o‘tamiz: O‘z vaqtida taqdim etilmagan har bir soliq hisoboti uchun BHMning 10 baravari = 4 120 000 so‘m jarima qo‘llaniladi.