2025. 6-Noyabr. Payshanba
Xitoy Qozog‘istonda ikkita atom elektr stansiyasi (AES) quradi. Bu haqda mamlakat bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Roman Sklyar ma’lum qildi.
“Xalqaro shartnomaga qo‘shilish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-240-son, 30.07.2025 y.) qabul qilindi.
2025-2026 o‘quv yili uchun 1-sinfga elektron qabul joriy etilgan hududlarda mikrohududdan tashqari qabul jarayoni joriy yil 1-avgust kuni soat 10:00 dan boshlandi.
Joriy yil iyul oyi O‘zbekistonning katta qismida kuzatuvlar boshlanganidan buyon eng issiq oy sifatida qayd etildi. «Meteojurnal» ma’lumoticha, qo‘shni Turkmaniston poytaxti Ashxobodda ham iyul oyi tarixdagi eng issiq davr bo‘lgan.
2025/2026-o‘quv yilida OTM 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi.
Marsda ulkan daryolarning izlari aniqlandi. Ularning umumiy uzunligi 15 ming kilometrni tashkil etadi. Bu haqda Buyuk Britaniyaning Qirollik astronomiya jamiyati xabar berdi.
Rossiya raketa zarbasi oqibatida ko‘p qavatli uyning podyezdi qulab tushgan. Qurbonlar soni 28 nafarni tashkil etmoqda, 170 dan ortiq kishi yaralangan. Kiyevda 1-avgust motam kuni deb e’lon qilindi.
Huquqiy ekspertiza, jamoat xavfsizligi, tashqi aloqalar, kreativ iqtisodiyot, kommunikatsiyalar va yig‘ilishlarga mas’ul departamentlar boshliqlarining o‘rinbosarlari tayinlandi.
Ta’mirlash ishlari tufayli Sergeli, Bektemir va Chilonzor tumanlari hududlariga 1-avgust kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.
2025-yil 9-avgustdan boshlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkent – Andijon – Toshkent yo‘nalishida muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.