
G‘arb davlatlari Falastinni tan olish orqali Netanyahuga bosim o‘tkazishga urinayotgan vaqtda IDF hujumlarga kuch bermoqda. Xususan, Isroil armiyasi yakshanba kuni G‘azo shahridagi turar joy binolariga zarba berib kamida 40 kishini, Livanga qilingan dron hujumida esa bir oilaning 4 a’zosini o‘ldirdi.

Shimoliy Koreya kelasi oy keng ko‘lamli harbiy paradga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Unda Xitoy yetakchisi Si Szinpin qatnashishi mumkin. U Koreyaning hukmron Mehnat partiyasi tashkil etilganining 80-yilligi munosabati bilan o‘tkaziladi, deya xabar bermoqda Yonhap agentligi hukumatdagi manbaga tayanib.

Jahon meteorologiya tashkiloti (WMO) tadqiqotiga ko‘ra, Yerning ozon qatlami tiklanmoqda. Olimlar 2024-yilda stratosfera ozonining umumiy darajasi avvalgi yillarga nisbatan yuqori bo‘lganini aniqladi. Antarktida ustidagi ozon tuynugi ham avvalgidek keng emas edi.

Transport vositalarini ekologik sertifikatlash tartibiga o‘zgarish kiritildi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 19-sentyabrdagi 597-son qarori bilan respublikaga olib kirilayotgan g‘ildirakli transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligini baholash tizimi takomillashtirildi.