O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni (PF–117-son, 25.07.2025 y.) qabul qilindi.
O‘zbekistonda kambag‘al oila a’zosi bo‘lgan xotin-qizlar uy-joyini ta’mirlash yoki qurilish materiallarini xarid qilish uchun davlat tomonidan moliyaviy yordam oladi. Ushbu tartib 2025-yil 26-iyuldan kuchga kirdi.
Rossiya o‘zining Su-57 harbiy samolyoti uchun yaratilgan va 190 kmgacha uchish qobiliyatiga ega yangi «havo-havo» raketa turini amalda qo‘llashni boshladi. U hozircha eng uzoq masofali rus aviatsiya qurollaridan biri hisoblanadi.
Har bir o‘q uzishi besh dollarga tushadigan lazer qurollari dronlarga qarshi samarali va arzon yechim sifatida ko‘rilmoqda. The Economist nashri ularni «ideal dron qotili» deb atadi va bu texnologiya urushlar tabiatida jiddiy o‘zgarishlarga olib kelishi mumkinligini ta’kidladi.
O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish va energetika infratuzilmasini yangilash bo‘yicha muhim kelishuvlar imzolandi. Ushbu loyihalar mamlakatni barqaror rivojlanish va kam uglerodli iqtisodiyotga o‘tkazishga xizmat qiladi.
Istanbul shahar hokimiyati megapolisdagi jamoat transporti harakatini tezlashtirish maqsadida 120 kilometrli avtobus uchun ajratilgan yo‘llar tarmog‘ini yaratishni rejalashtirmoqda. Loyihaning dastlabki pilot bosqichi 2025-yilda amalga oshiriladi.
13 yoshgacha bolalarga smartfon berish salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Amerikalik olimlar olib borgan keng qamrovli tadqiqotda erta smartfonga ega bo‘lgan bolalarda xavotirli holatlar, past o‘zini baholash va sotsial muammolar ko‘proq kuzatilgan.