10-10-2025 10:20

Ma’lum qilinishicha, amerikalik harbiylar logistika, transport, muhandislik ishlari va rejalashtirish bo‘yicha ko‘maklashadi.
“Ular G‘azo sektorida bo‘lmaydi. G‘azo hududida birorta ham amerikalik askar bo‘lmaydi”, dedi manba.
Bu tashabbus “Fuqaroviy-harbiy muvofiqlashtirish markazi” deb ataladi. U Isroil va HAMAS o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bitimi e’lon qilingach yo‘lga qo‘yilgan. Manbalarga ko‘ra, AQSH harbiy xodimlari allaqachon Isroilga yetib kelishni boshlagan.
“G‘azoga insonparvarlik yordamini yetkazishni qo‘llab-quvvatlashdan tashqari, qo‘shinlar kelishuv shartlari bajarilishini ta’minlash maqsadida tomonlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarning oldini olish mexanizmining ishlashini nazorat qiladi”, deyiladi xabarda.
AQSH harbiy xodimlari ilgari ham Isroilda turli vazifalarni, jumladan, raketaga qarshi mudofaa doirasidagi ishlarni bajargan. Tinchlik bitimining birinchi bosqichida Isroil 2000 dan ortiq falastinlik mahbusni, jumladan, umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan 250 kishini ozod qiladi. HAMAS esa 20 nafar tirik isroillik garovga olinganlarni topshiradi. Asirlar almashinuvning keyingi bosqichlari qo‘shinlarni sektordan bosqichma-bosqich olib chiqish bilan parallel ravishda olib boriladi.
