10-10-2025 10:29

Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubbga “Xalqaro sudlar tomonidan genotsidda aybdor deb topilgan Isroildan qurol sotib olish maqsadga muvofiqmi?”, deb savol bergan jurnalist hibsga olindi.
Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan videoda jurnalist tadbirdan chiqaverishda Prezident Stubbdan “Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) va Xalqaro Sud (XS) xulosasiga ko‘ra, genotsid jinoyatini sodir etgan Isroildan Finlyandiyaning qurol sotib olishda davom etishi to‘g‘rimi?” deb so‘raganini ko‘rish mumkin.
Stubb bu savolga javob bermagan va mashinasiga o‘tirgan, jurnalist esa “Ko‘rdingizmi, prezidentimiz izoh berishni istamadi”, degan u.
Voqea joyida bo‘lgan politsiya xodimi “Buning uchun qamoqqa tushishing mumkin”, deganida jurnalist “men namoyish uyushtirmayapman”, deb javob bergan.
Kadrlarda jurnalistni voqea joyidan politsiya olib ketayotgani, ijtimoiy tarmoqlarda jurnalistning “politsiyaga qarshilik qilgani” uchun hibsga olingani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan, deb xabar berdi aa.com.tr.
