10-10-2025 10:22

Sud ma’lumotiga ko‘ra, erkak 2015-yilda ISHID safiga qo‘shilgan, Suriyada va keyinchalik Iroqda janglarda ishtirok etgan. 2017-yilda esa Dyusseldorf oliy sudi uni xorijiy terrorchilik tashkilotiga a’zo bo‘lgani uchun 5 yillik qamoq jazosiga hukm qilgan.
Tojikistonga deportatsiya taqiqlangan edi
2018-yilda unga nisbatan hukm chiqarilgandan so‘ng, Migratsiya va qochqinlar bo‘yicha federal boshqarma uni vataniga deportatsiya qilishni taqiqlagan. Bunga Tojikistonda mahkum qiynoqqa solinishi mumkinligi haqidagi gumon sabab bo‘lgan. 2024-yilda deportatsiyaga qo‘yilgan taqiq bekor qilindi.
Tojikiston hukumati erkakka qiynoqlar yoki shunga o‘xshash jazolar qo‘llanmasligi haqida kafolat bergan. Bu kafolat Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi yuborgan rasmiy “verbal nota” orqali tasdiqlangan.
Myunster ma’muriy sudi avgust oyida Tojikiston fuqarosining deportatsiya taqiqini bekor qilish haqidagi shikoyatini rad etgan. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, arizachining vatanida qiynoqlar yoki shafqatsiz muomalaga duchor bo‘lish xavfi endi sezilarli darajada past. Buni Tojikiston Tashqi ishlar vazirligining diplomatik notasi kafolatlaydi. Sud “o‘zgargan vaziyatlar”ni hisobga olib, qiynoqlar xavfi qayta baholangan ushbu xulosaga qo‘shilgan.
