2022-yildan buyon Prezident Administratsiyasida bosh konsultant lavozimida ishlab kelayotgan Olimjon Oʻsarov boshqa ishga oʻtganligi toʻgʻrisida Prezident farmoyishi eʼlon qilindi.
Maʼlum qilinishicha, Olimjon Oʻsarov Mudofaa vazirining vatanparvarlik targʻiboti, maʼnaviy-maʼrifiy masalalar va yoshlar ishlari boʻyicha maslahatchisi lavozimida ish boshlagan.
Ixtisosligiga koʻra, O.Oʻsarov jurnalist, huquqshunos. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 2-darajali adliya maslahatchisi (podpolkovnik harbiy unvoniga tenglashtirilgan).
Mehnat faoliyati davomida Oliy sud Axborot xizmati rahbari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Axborot va ommaviy kommunikatsiya lar masalalari qoʻmitasi aʼzosi, “Nuroniy” gazetasi va “Keksalik gashti” jurnali Bosh muharriri, 2021-2022-yillarda Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifalarida ishlagan.
Avvalroq adminstratsiyada faoliyat yuritgan Gʻulom Samadovning “Nurafshon” telekanaliga rahbar boʻlgani aytilgandi.
Shuningdek, Prezident Administratsiyasining Axborot siyosati departamenti rahbari Komil Allamjonov ham lavozimidan ozod qilingandi.