
Prezident hokimlarga kelasi yil 9-sinf bitiruvchilarining kamida 50 foizini texnikumlarga qamrab olish topshirig‘ini berdi. Kasbga o‘rgatishda Xitoy tajribasini joriy etish uchun har bir viloyatda 2 tadan “O‘zbekiston – Xitoy ustaxonasi” ochiladi. Til o‘rgatish uchun yuzdan ortiq xitoyliklar taklif etiladi.