
Endilikda to‘lov jarayonida bo‘lishi mumkin bo‘lgan Xalq banki tomonidan hisobotlarda «to‘landi» deb hisobot berilib, amalda fuqaroga to‘lanmaslik yoki boshqa shaxslarga to‘lab yuborish holatlari oldi olinadi.

Indoneziyada maktab-internat binosining qulab tushishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 36 nafarga yetdi. Reuters agentligining xabar berishicha, bu haqda mamlakat tabiiy ofatlarni boshqarish agentligi yakshanba kuni ma’lum qilgan.

Atoqli davlat va jamoat arbobi, O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirining maslahatchisi Ismoil Jo‘rabekov joriy yil 28 sentyabr kuni vafot etgan edi. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun ta’ziyali xonadonga tashrif buyurdi. Qur’on tilovat qilinib, duo o‘qildi.

Bugungi kunda tabiiy resurslardan samarali va qonuniy foydalanish masalasi juda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, energiya resurslarini tejash va ulardan adolatli foydalanish yuzasidan nazoratni kuchaytirish muhim hisoblanadi.

AQSH Prezidenti Donald Tramp Qatarga har qanday qurolli hujumni AQSH tinchligi va xavfsizligiga tahdid deb hisoblovchi farmonni imzoladi. Amerika tomoni Qatar manfaatlarini himoya qilish uchun “diplomatik, iqtisodiy va kerak bo‘lsa, harbiy choralar” ko‘rish majburiyatini olmoqda.

1 oktyabrdan boshlab O‘zbekistonda chiroyli avtomobil davlat raqamlarini sotib olishning yangi tartibi yo‘lga qo‘yildi. Avval auksionga chiqarilgan va sotilmagan xaridorgir raqamlarni maxsus ilova orqali xarid qilish mumkin.