
Xanna Kendrik ismli britaniyalik ayol “Ratatuy” multfilmini so‘nggi 15 yil davomida har oqshom uxlashdan oldin tomosha qiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Pixar studiyasi suratga olgan oshpaz sichqoncha haqidagi animatsion film o‘zining tinch musiqasi va ortiqcha shovqinsiz kadrlari tufayli uyqu rejimini tiklashda yordam bergan. Bu haqda Kendrik The Guardian nashriga bergan intervyusida so‘zlab berdi.

Rossiya arxivlari tadqiqotchilarga reabilitatsiya qilingan siyosiy qatag‘on qurbonlarining hujjatlarini taqdim etishni to‘xtatdi. Tarixchilar «siyosiy repressiyalarni o‘rganish imkonsiz bo‘lib qoladi» degan xavotirda.

Atrof-muhit tahlilchilarining fikriga ko‘ra, 2025 yilning birinchi olti oyida shamol va quyosh vositasida energiya ishlab chiqarish ko‘mirdan o‘zib ketdi. Bu haqda 7 oktyabr, seshanba kuni The Guardian nashri xabar berdi.