07-10-2025 11:52

Xannaning aytishicha, u bolaligidan beri diqqat yetishmovchiligi va giperfaollik sindromi sababli uyqu bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan. U opasi bilan bir xonada yashagan va ular televizor yoqilgan holda uxlashga o‘rgangan. “O‘smirligimda bu odatga aylandi: men biror filmni tanlab, har kuni kechasi bir necha hafta davomida tomosha qilardim. Keyin esa yangi filmga o‘tardim”, deydi u. Kendrikning boshqa sevimli kinolari ham bo‘lgan, lekin ular uyqu muammosini hal qilolmagan.
Foto: The Guardian
Kendrik 16 yoshga yetganida uning onasi boshqa bolalarga ham enagalik qilar edi. Bir kuni onasi ularga endigina ekranlarga chiqqan “Ratatuy” multfilmini qo‘yib beradi. O‘shanda Xanna uni ilk bor tomosha qildi va shu zahoti bu filmni har kecha uxlashdan avval ko‘rishga qaror qildi.
“Bu multfilm men uchun ideal variant edi”, deya eslaydi ayol. Uning fikricha, multfilmning eng katta afzalligi undagi ovozlar va musiqaning sokinligida:
“Unda baland so‘zlashish, turli portlashlar yoki qo‘rqitadigan sahnalar yo‘q. Faqat oshxona shovqini, idish-tovoqning mayin taqillashi bundan mustasno”, deydi u.
Shundan beri Kendrik 15 yil davomida har oqshom “Ratatuy”ni tomosha qiladi. Endi u uxlab qolishi uchun atigi besh daqiqa vaqt ketadi.
