07-10-2025 10:00
Prezident adminstratsiyasi rahbari inshoot ichimlik suv sifatini sezilarli darajada yaxshilash imkonini berishini bildirdi.
"Nukus shahridagi «Jeketerek» mahallasida to‘liq modernizatsiya qilingan va kengaytirilgan suv tozalash inshootini borib ko‘rdik.
Ushbu inshoot ichimlik suvining sifatini sezilarli darajada yaxshilash imkonini beradi. Shuningdek, suv xo‘jaligi, ichimlik va oqova suv sohalarida amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar taqdimoti bilan ham tanishdik.
Aholi salomatligi muhofazasi — doim kompleks yondashuvni talab etadi va bunda sifatli oziq-ovqat, musaffo havo, toza suv muhim omil hisoblanadi. Yangi suv tozalash inshooti 71 ta mahallaga, ya’ni qariyb 350 ming nafar aholiga hamda maktab va shifoxona kabi ijtimoiy soha obyektlariga toza suv yetkazib berish imkonini yaratadi.
Loyiha Respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilib, o‘zbekistonlik muhandislar tomonidan amalga oshirildi," — deydi u o‘zining telegram kanalida.