Muloqotda Mirzo Ulug‘bek tuman “Olimlar” MFY raisi Oydin Haydarova xalqimiz to‘y-hasham, yubiley va marosimlarni dabdaba bilan o‘tkazayotgani haqida gapirib, odamlar yillar davomida ishlab topganini qo‘shtirnoq ichidagi qadriyatlarga sarflayotganini, partiya o‘z dasturida bu masalaga ham eʼtibor qaratganmi, degan savol bilan yuzlandi.
Partiya yetakchisi Alisher Qodirov ushbu savolga quyidagicha javob qaytardi:
"Isrofgarchilikning oldini olish, har bir harakatning asl maqsadini anglab yetish kabi ishlarni targ‘ib qilish va odamlarga tushuntirish orqali sarf-xarajatlarni kelajak uchun maʼrifatga, farzandlarni to‘g‘ri tarbiya qilishga va ularning ilmiga pul tikishga, inson kapitaliga pul tikishga va bularni kelajak nuqtai-nazaridan foydali bo‘lishiga targ‘ib qilish orqali ularni dunyoqarashi va tafakkurini o‘zgartirishga erishmoqchimiz.
Bu vaqt masalasi. Va, albatta buni taqiqlash va cheklash yo‘llaridan ko‘ra tushuntirish targ‘ib qilish orqali amalga oshiriladi deb o‘ylaymiz, buning uchun esa albatta o‘z-o‘zidan vaqt kerak bo‘ladi. Shu bois, Saylovoldi dasturmizda bu kabi marosimlarni tartibga solish taklifini ilgari suryapmiz".